So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 174,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, yashash va ovqatlanish xizmatlar hajmi 131,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,6 %ga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik  subyektlarining tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 42,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 1 530,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 119,1 %ga yetdi.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining oʻrtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 6,8 % ga o‘sdi.

Navoiy viloyatida 2024- yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 17,8 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 343,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 12 627 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 575,3 tonna polipropilen ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 18,6 % ga oshgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Karmana tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 281,9 mlrd. so‘mga yetdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,3 f.p., sanoat tarmog‘i – 4,6 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,3 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 0,5 f.p. va mahsulotlarga sof soliqlar – 0,1 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

2023/2024 oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida akademik litseylarga qabul qilingan qiz bolalar soni 7 488 nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi 90,9 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 7,8 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 163,9 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 1 091,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 2024-yil 1-mart holatiga  Navoiy viloyatida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 21 371 tani tashkil etib, ular 2019-yilning mos davriga nisbatan 9 583 taga koʻpaygan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 4,1 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 2,6 trln. soʻmni tashkil etdi.