Joriy yilning 15- may sanasida viloyat Statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyati hamda “Shaffoflik davir talabi” mavzulari boʻyicha ishchi xodimlarga targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida boshqarmaning bosh yuriskonsultanti A. Murodov Farmonning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, unda belgilangan bandlar bo‘yicha keng va batafsil tushuntirishlar berdi.
Tadbir tizim xodimlarining huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini chuqur anglashini ta’minlash, xizmat faoliyatida huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.



