So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-fevral oylarida 155,9 ming nafar Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 20 993,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 7,8 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining eng koʻp ulushi Uchquduq tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 29,6 % i), Zarafshon shahri (25,2 %) va Konimex tumani (24,2 %) da kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan boʻlib, shundan 18 608,7 ming nafari (50,3 %) erkaklar, 18 354,6 ming nafari (49,7 %) esa ayollar hissasiga toʻgʻri keladi.

2024-yilning 1-mart holatiga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 077 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 581,2 ming juft paypoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 26,8 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 3 042,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan texnikumlarga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 31 460 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning 17–18-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida MDH davlatlarining statistika xizmatlari mutaxassislarining Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun statistik maʼlumotlar boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 262,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 111 914 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining mobil tarmoq orqali internetdan foydalanuvchilar ulushi 50,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Joriy yilning 1-mart holatiga 618 944 ta kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 % ni tashkil etdi.

2024-yil 19- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori mazmun-mohiyati, hisobot intizomini taʻminlash, maʻmuriy choralar qoʻllash hamda konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻquv seminar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyati boʻyicha ishlab chiqaradigan  sanoat  tarkibida metallurgiya sanoati hajmi 11 197,2 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 13,4 %ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 303,3 ming dona avtomobillar uchun bamperlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etgan.