So'nggi yangiliklar

2023- yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 24,3 % ni tashkil etdi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda statistika sohasini yangi bosqichga koʻtarish va tubdan isloh qilish, tizimga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy qilish orqali rasmiy statistikaning sifati va unga boʻlgan ishonchni yanada oshirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

2024-yilning 18–20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy etish bo‘yicha to‘qqizinchi seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 850 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 54 526,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar hamda yakka tartibdagi uylar soni 7 476,2 ming birlikni tashkil etdi.

2023-yil IV chorak yakunlariga koʻra, kichik korxona va mikrofirmalar oʻrtasida tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilib, unda 19 075 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi.

2023-yilda respublikamizda 2,8 mln tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, goʻsht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.

Navro‘z – xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlarini mujassam etgan, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadimiy bayram. Ayni damda viloyat Statistika boshqarmasi xodimlari bayram saylida ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 323 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 7,3 barobarga oshgan.

2024-yilning 1-mart holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 24 810 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 110,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning 66,4 % i yoki 233,8 trln. soʻmi jalb etilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan.

2024-yilning yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha yangi qurilish hisobidan 2,4 trln. soʻmlik ishlar bajarildi yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 54,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 19-mart kuni Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-62-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

2024-yilning 1-mart holatiga viloyatimizda jami 1 369 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelayotgan boʻlib, ular 2018-yilning mos davriga (865 ta) nisbatan 504 taga koʻpaygan. 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-200-sonli farmoni keng targʻib qilindi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi erkaklar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 68,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6,1 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 12,8 % ga oshgan.