Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Navoiy viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 1 160,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,1 % ga o‘sgan.
1-fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 490 tani tashkil etdi.
Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 347,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 12,2 % o‘sishni qayd etdi.
1-fevral holatiga viloyatimizda ulgurji savdo sohasida 1 575 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.




