So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2024-yil 1-mart holatiga koʻra, tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi masʻuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 79 tonna shampun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalar jami 61,1 mingtani tashkil etgan.

2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan texnikumlar soni 238 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlari shaxsiy xizmatlar umumiy hajmining 64,5 % ini yoki 1 332,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Nurota tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 82,7 mlrd. so‘mga yetdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 455,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,9 %ga o‘sdi.

 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich  jinsi boʻyicha:

2024-yil yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 43,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 

2024-yil yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo’yicha  xizmatlar hajmi 32,3 mlrd. so‘mni tashil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 15,9 ga oshdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, axborot va aloqa sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 2,1 % ni tashkil etdi.

2024-yil  yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida  kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish ishlari hisobidan 296,7 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 53,4 %ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida jami 95,9 ming m³ kislorod ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 m. ga oshdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami qurilish ishlarining 65,4 % i yoki 10,6 trln. soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, jami 66 775 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 352,5 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 49,7 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 98,1 % ni tashkil etdi. 

Navoiy viloyatida 2024-yil yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 274,1 ming m³ argon ishlab chiqarildi. Argon ishlab chiqarish sanoati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,1 m. ga ko‘paydi.