08/05/2026

2026-yil 8-may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Har oyda bitta kitob o‘qiymiz” tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda boshqarma hamda hududiy bo‘limlar xodimlari ishtirok etib, o‘zlari tomonidan o‘qib chiqqan kitoblar bo‘yicha asarlar mazmun-mohiyati, asosiy g‘oyasi va hayotiy saboqlari haqida fikr bildirishdi.

Mazkur tashabbus xodimlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hodimlarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu esa tadbirga alohida ko‘tarinkilik va unutilmas taassurot bag‘ishladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech