21/08/2026

Joriy yilning 18-avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma xodimlari bilan bir qatorda viloyatning tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ham videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan qonunda belgilangan asosiy qoidalar xodimlarga sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi. Xususan, statistik ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va ochiqligini ta’minlash, ularni yig‘ish, qayta ishlash va foydalanuvchilarga yetkazish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilik talablarini amaliy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash hamda rasmiy statistika sohasidagi mas’uliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech