21/08/2026

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Har oyda bitta kitob o‘qiymiz” loyihasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Bosqich davomida xodimlar belgilangan kitobni mutolaa qilib, asar mazmuni va undagi g‘oyalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 Yakuniy uchrashuvda ishtirokchilar o‘qigan asari bo‘yicha savollarga javob berib, kitobdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

 Loyiha natijalari va g‘oliblar tez orada e’lon qilinadi.

 Kitob o‘qish — bilimni oshiradi, tafakkurni kengaytiradi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech