Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-160-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma xodimlari bilan bir qatorda viloyatning tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ham videokonferensiya shaklida ishtirok etdi.

Unda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Farmonda belgilangan asosiy qoidalar, ularning mazmuni va amaliy ahamiyati xodimlarga sodda hamda tushunarli tarzda yetkazildi.

Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy bilimini oshirish va qonunchilik talablarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qiladi.



