Joriy yilning 26-iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘RQ-1155-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Unda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari (masofaviy aloqa orqali) ishtirok etdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i A. Tashnazarov qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi islohotlar hamda korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, xizmat vazifalarini halollik va mas’uliyat bilan bajarish hamda qonunchilik talablariga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.



