03/06/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga Navoiy viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 21 713 tani tashkil etdi.

Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 380 ta;

 Sanoat sohasida – 2 791 ta;

 Qurilish sohasida – 1 302 ta;

 Savdo sohasida – 7 827 ta;

 Tashish va saqlash sohasida – 779 ta;

 Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 1 501 ta;

 Axborot va aloqa sohasida – 323 ta;

 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 533 ta;

 Boshqa sohalarda – 4 277 ta.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech