Joriy yilning 14-aprel kuni Statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 100-son qarori ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur qarorning asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan vazifalar hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, ularning qonunchilik hujjatlari bo‘yicha xabardorligini mustahkamlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.



