So'nggi yangiliklar
15/09/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 706 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 311 ta va xorijiy korxonalar 8 395 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Navoiy viloyati statistika boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 24 184 ta boʻlib, shundan xususiy korxonalar soni 5 695 tani tashkil qildi.
2022- yil boshiga kelib O‘zbekiston Respublikasida kinoteatrlar soni 99 tani tashkil qilib, hududlar bo‘yicha kinonamoyishlar soni jami 9588 taga yetdi. Ulardan 7778 tasi milliy filmlar va 1808 tasi xorijiy filmlardir.
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 78,4 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,6 %), 224,6 ming tonna sut (101,4 %), 184,0 mln. dona tuxum – (101,4 %), yetishtirildi va 4 208 t. baliq (101,0 %) ovlandi.
2021- yil yakunida mamlakatimizda har 10 000 aholiga to‘g‘ri keladigan shifoxona muassasalaridagi o‘rinlar soni 46,9 tani tashkil etdi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda jami 4 128 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizda jami 165,5 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.
2022- yil 1- yanvar holatiga Respublikamizda jami 99 ta kinoteatrlar mavjud.
14/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda jami 1 755 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113 taga ko‘paygan.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida respublika boʻyicha jami 12 855 ta egizak chaqaloqlar tugʻilganligi holatlari qayd etilgan.
14/09/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 93,8 %, yoki 8023,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
14/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 2867 ta bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:
2021/2022- o‘quv yilida Respublikamizdagi ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 6676 tani tashkil etgan.
13/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 63 542 ta bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:
13/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari sanoati hajmi 688,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmidagi ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.
13/09/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning avgust oyida 632,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ushbu koʻrsatkichni 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021-yilda 185,1 ming nafar) 447,7 ming nafarga yoki 3,4 martaga oshganini kuzatish mumkin.
13/09/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,9 % ni tashkil etib, 175,2 mlrd. so‘mga yetdi va 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 11,0 % ga oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 718,2 ming tonna asfalt ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 118,2 % ni tashkil etdi.
327-sahifa 413 dan