So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2022- yil yanvar-avgust  holatiga viloyatda umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi 201,2 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 110,5%) va mulkchilik shakllari bo‘yicha 200,7 mlrd. so‘m nodavlat mulkka (99,7 %) hamda 0,5 mlrd. so‘m (0,3 %) davlat mulkiga to‘g‘ri keldi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida umumtalim muassasalarda 350,3 (68,7%) ming nafar ayol o‘qituvchilar va 159,7 (31,3%) ming nafar erkak o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-avgust oylari yakuni bilan xizmatlar importi hajmi 9,0 mln. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 2,4 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35,3 % ni tashkil etdi.

021-yil 1-yanvar holatiga mehmonxonalar va shunga oʻxshash joylashtirish vositalarida joylar fondidan foydalanish koeffisienti 16,3 % yetdi, 2018- yilga nisbatan bu koʻrsatkich 51,7 % kamaydi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari:

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 6,4 % ga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,9% ni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-avgust oylarida xizmatlar eksporti hajmi 1,9 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 0,5 % ini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 23,3 % ni tashkil etdi.

2021/2022 o‘quv yilida akademik litseylarda 1,9 (57,6%) ming nafar ayol o‘qituvchilar bo‘lsa, 1,4 (42,4%) ming nafarni erkaklar tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar ishlab chiqarishda, jami 4 006,3 tonna plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,6 % ga ko‘paygan.

2022- yilning sentabr oyida shaxsiy transport vositalari uchun metan narxi avgust oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,5 % ga arzonlashgan.

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,8 % ni tashkil etib, 201,2 mlrd. so‘mga yetdi va 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 10,5 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 14 803 ta egizak chaqaloq tugʻilgan.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust holatiga jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 3 787,4 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 484 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida  aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 5 650,0 ming so‘mni, 2021– yilga nisbatan o‘sish sur’ati esa 114,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 2 515,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.