So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 85,6 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,5 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi  ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar-avgust oylarida viloyatimizda tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 390,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 20,1 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentabrdagi 539-son qarori bilan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatish sohasida bir qator yangiliklar joriy etildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatga qiymati 187 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 177 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Navoiy  viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida  viloyatimizda  davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 318,9 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasida namoyish etilgan konsertlar soni 3759 ta boʻlib, shundan 849 tasi qishloq aholisi uchun namoyish etilgan konsertlardir.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 998,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 10,9 % ga ko‘paydi. 

2022- yil 1-sentabr  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 182 ta bo‘lib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 -yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda ishlab  chiqaradigan  sanoat  tarkibida  metallurgiya sanoati hajmi 34 090,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va  jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmidagi ulushi 75,6 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatga qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,5 mingta kondisioner eksport qilgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Uchquduq (16,8 %), Nurota (16,1 %), Qiziltepa (14,7 %) va Tomdi (13,4 %) tumanlarida, shuningdek, Gʻozgʻon  shahrida (12,7 %) yuqori o‘sish kuzatildi.

2022 yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi ta'lim tashkilotlarida jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, Navoiy viloyatida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 17,3 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2,1 % punktga ko‘paydi.

2021/2022 o‘quv yili boshida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti va 8 ta kollejda turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlaring hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy shahri, Qiziltepa tumani va Zarafshon shahrida kuzatildi.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasida  kichik korxonalar va mikrofirmalardagi shifoxona muassasalari soni 2021-yil yakuniga ko‘ra  637 tani tashkil etdi.