So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 3,6 % darajasida ijobiy oʻsish qayd etildi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga koʻra, 69 514 ta oilaviy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Navoiy viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 507,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 106,4 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 7 784,6 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 45,8 % ga oshgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 47 072 tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.

2024-yil 1-aprel holatiga viloyatimizda qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 443,2 ming boshga yetdi. 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 48,7 ming taga (2,0 %) ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,1 % ini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 54,5 trln soʻm investitsiyalar yoʻnaltirildi.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 26 681 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,4 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,8 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. va хizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 3,4 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 15,8 ming tonna neft koksi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,6 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 5,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlarining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 607,6 ming  nafarni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha fermer xoʻjaliklari tomonidan tirik vaznda 28 586 tonna goʻsht (2023-yilning yanvar–martiga nisbatan 120,0 %), 129 975 tonna sut (127,4 %), 244 904 ming dona tuxum – (117,0 %) yetishtirildi va 6 669,5 tonna baliq (134,0 %) ovlandi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Navoiy viloyatining tovar va xizmatlar eksport hajmi 336 158,9 ming AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish sur’ati 184,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatining YAHMi o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,3 f.p., sanoat tarmog‘i – 6,2 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,3 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 0,9 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,1 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 4 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 17,7 % ni tashkil etmoqda.

 2024-yilning yanvar-aprel oylarida Navoiy viloyatida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 6,9 % ni, o‘tgan yilning mos davriga nisabatan fizik hajm indeksi 102,6 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 2 177,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.