So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-sentabr holatiga Navbahor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 2 283 tani tashkil etib,  2023-yilning yanvar-avgust oylarida tumanda 287 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 208,9 tonna daftar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida axborot va aloqa sohasida 2 048 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ular 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshgan.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalarning ovqatlanish bilan taʼminlash boʻyicha tovar aylanmasi hajmi 7,5 trln. soʻmni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 52 577,6 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 81,5 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyati bo'yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 371,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 93,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyati bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6386,1mlrd. so‘mga yetib, 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 106,5 % ni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan "Aholini ro‘yxatga olish haftaligi - 2023: aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi" tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 26–28-sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati – Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 454,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 %ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 60 682 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar hajmi 77,7 trln. soʻmni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida 4,6 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida): 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Gʻozgʻon shahrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 12,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 977,7 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 13,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyati bo’yicha tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 7 644,2 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 11,9 % ga to‘g‘ri keldi.