So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2024-yilning 1- iyun holatiga, 399 199 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 130 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.

 Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 119 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 6,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,7 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni taʻmirlash tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 16 463,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 79,5 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 20,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida tirik tugʻilganlar soni 347,4 ming nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning 14-iyun kuni Viloyat statistika boshqarmasi hamda Navoiy viloyati IIB YHXB bilan hamkorlikda boshqarma ishchi xodimlari ishtirokida “Yoʻllarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2024-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 228 tani, shundan qo‘shma korxonalar 98 ta va xorijiy korxonalar 130 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 57 tani tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud sigirlar soni 4 442,3 ming boshni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga, chet el investitsiyasi ishtrokida 14 478 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1 158,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 19 455,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida 80,8 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may holatiga, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar soni 74 tani tashkil etdi.