So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Xatirchi tumanida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 10,6 mlrd. so‘mga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 % tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 80,7 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 23,4 % ga oshgan. 

2023-yil yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida avtomobil transportida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 977,7 mlrd. soʻmga yetdi. Koʻrsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 13,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 268,0 mlrd. so‘mga yetdi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning hajmlari dinamikasi (mln. AQSH dollari, ulushi, % da).

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Tomdi tumanida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 81,8 mlrd. soʻmga yetdi.

O’zbekistonda 2023-yilning 1-sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 414 927 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411 306 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp kichik korxona va mikrofirmalar soni: savdo sohasida 17 668 ta, sanoatda 7 905 ta, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 5 532 ta, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda 3 005 ta hamda qurilishda 2 524 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Buyuk Britaniyadan Oʻzbekistonga 9 635 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyati bo’yicha ishlab chiqaradigan  sanoat  tarkibida  oziq-ovqat mahsulotlari  sanoati hajmi 1 599,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 12,2 % ga oshdi  va  jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmidagi ulushi 3,0 % ni tashkil etdi.

 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Uchquduq tumanida jami 75,8 mlrd. soʼmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 108,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 414,9 tonna shampun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 10,4 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 605 230 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yetib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,9 %ni tashkil etdi.

oriy yilning 18-29-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 1-iyul holatiga hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 27,9 birlik, Navoiy viloyatida 21,5 birlik, Sirdaryo viloyatida 17,4 birlik, Jizzax viloyatida 16,7 birlik va Buxoro viloyatida 16,1 birlikka yetdi.

2023-yilning  yanvar-avgust oylarida Yaponiyadan Oʻzbekistonga 6 633 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YaHM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,4 f.p., sanoat tarmog‘i – 3,4 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,3 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i –0,4 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,1 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.