So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 598,4 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi va o‘sish sur‘ati 2023-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 112,2 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- mart sanasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114- son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 73,1 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar–iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 12 520,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 229,3 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 7 486,5 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 104,0 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 22,1 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida jami 16 890,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 144,5 %ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,4 % ga yetgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga jami 62 288 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 7 745,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng ko‘p savdo sohasida – 14 672 tani tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 567 364,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha avtomobil transporti orqali jami 667,5 mln tonna yuklar tashilgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oʻrta tibbiyot xodimlarining umumiy soni 387,6 ming nafarni tashkil etmoqda.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 51 249,1 mlrd. so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 80,8 %ni tashkil etdi.