28/06/2021

Joriy yilning 25- iyun kuni  viloyat statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi tomonidan G’ozg’on tumanida korxona va tashkilot hisobchilari hamda xo‘jalik yurutuvchi subyektlari ishtirokida “4-Mehnat 4-BX statistik hisobotini eStat 4.0 elektron tizimi  orqali jo’natish” mavzusida seminar tashkil etildi.

 Seminarda  viloyat statistika boshqarmasi xodimlari boshqarma bosh yuriskonsulti А.Murodov  hamda demografiya va mehnat statistikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari I.Аlimov ishtirokchilarga eStat 4.0 elektron tizimi orqali 4-Mehnat 4-BX statistik  hisobotlarini yuborish tartiblari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari va byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish, to‘g‘risida keng va atroflicha tushuncha berdilar.

 

Seminar yakunida korxona va tashkilot hisobchilari hamda xo‘jalik yurutuvchi subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech