19/06/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatimizda sanoat korxonalari tomonidan 100 506,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

2025-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,0 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlari bo’yicha:

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 9 764,7 mlrd so‘m;

 Ishlab chiqarish sanoati – 77 741,8 mlrd so‘m;

Elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 3 090,1 mlrd so‘m;

 Suv ta’minoti, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 163,9 mlrd so‘m.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech