19/06/2026

Joriy yilning 19-iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning statistika organlari faoliyatidagi ahamiyati, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xizmat odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

 Boshqarma bosh yuriskonsulti A. Murodov tomonidan yangi qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari hamda Hukumat hujjatlarining mazmuni yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Yangi huquqiy hujjatlarning statistika tizimida olib borilayotgan islohotlarni samarali amalga oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

 Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish, xodimlarning xizmat odob-axloqi qoidalariga qat’iy rioya etishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

 Tadbir yakunida xodimlarga amaldagi qonunchilik hujjatlarini muntazam o‘rganib borish, o‘z faoliyatida ularning talablariga qat’iy amal qilish hamda huquqiy madaniyatini doimiy ravishda yuksaltirib borish zarurligi ta’kidlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech