25/06/2021

2021- yilning 23–24- iyun kunlari Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha asosiy statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish, O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish, statistik ma’lumotlarni yig‘ishda xalqaro tajriba, shuningdek, BRMni amalga oshirish uchun parlamentlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha taqdimot qildi.

Ziyadullayev O‘zbekiston Respublikasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik to‘plami tayyorlanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangani bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi texnik ko‘magida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha veb-sayt yaratilib, foydalanuvchilar uchun o‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’lumotlar joylashtirilayotganini ta’kidladi.

Quyida Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Ziyadullayevning taqdimoti bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

 

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech