Joriy yilning 8-iyul kuni Navoiy viloyatida "Yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ni tahlil qilish va hududiy iqtisodiy rivojlanishni baholash" mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari Sulaymonov Rustam Davutovich va Milliy statistika qoʻmitasi masʼul xodimi Abrayev Sherzod Xurramovich ishtirok etdi.
Tadbirda YAHMni hisoblash va tahlil qilish usullari, hududlarning iqtisodiy salohiyatini baholash, statistik maʼlumotlarning aniqligi va sifatini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.



