Joriy yilning 3-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida OʻRQ-1152-son Oʻzbekiston Respublikasining "Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur Qonunning asosiy maqsadi sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni zamonaviy huquqiy asosda tartibga solish, sud ekspertlarining huquq va majburiyatlarini belgilash, davlat hamda nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini takomillashtirishdan iborat ekani haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, Qonunda sud ekspertlarining davlat reyestrini yuritish, sud-ekspertlik faoliyatining tashkiliy shakllari, ekspertlarning malaka talablari hamda sud ekspertizasini oʻtkazish tartibiga oid yangi normalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.



