10/06/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 2,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 846,7 ming m² gilam eksport qilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 159,7 ming m²ga yoki 23,2 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p gilam yetkazib bergan davlatlar:

Ozarbayjon – 388 ming m²;

Qirg‘iz Respublikasi – 206,6 ming m²;

Afg‘oniston – 183,4 ming m²;

Rossiya – 24,5 ming m²;

Boshqa davlatlar – 44,3 ming m².

mrkosl14757023739814_b_p71316

Tugmani bosing Tinglash GSpeech