23/07/2026

Joriy yilning 23-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan Xatirchi tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari U. Suyunov fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash tartibi, statistika organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda elektron shaklda statistik hisobotlarni taqdim etish tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Murojaatlarni rasmiylashtirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish jarayonlari haqida ishtirokchilarga batafsil axborot yetkazildi.

Tadbirda statistik ma’lumotlardan foydalanish, elektron xizmatlar hamda o‘z faoliyatiga oid boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislarga bevosita murojaat qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va asosli javob olishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, statistika organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, statistik xizmatlar sifati hamda elektron hisobot tizimi bo‘yicha taklif va murojaatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Navoiy viloyati statistika boshqarmasi rahbariyatiga (79) 223-08-68 telefon raqami yoki This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochta manzili orqali yuborilishi mumkinligi ishtirokchilarga eslatib o‘tildi.

Bunday sayyor qabullar aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda statistika sohasida yuzaga kelayotgan masalalarni joyida hal etishga xizmat qiladi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech