09/04/2026

2026-yil 9-aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Sohibqironning boy tarixiy merosi, uning yuksak harbiy mahorati, adolatli davlat boshqaruvi, ilm-fan va bunyodkorlikka bergan ulkan e’tibori haqida atroflicha fikr yuritildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir xodimlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat qildi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilarida yurtga sadoqat, vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, tarixiy xotiraga hurmat bilan yondashish kabi muhim g‘oyalarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech