28/03/2025

2025-yil 28-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali bilan hamkorlikda  "Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari – korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omili" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda boshqarma tarmoq bo’lim boshliqlari, xodimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, davlat xizmatchilarining axloqiy me’yorlarga rioya etishi, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.


 Suhbat davomida korrupsiya holatlarining oldini olish, unga qarshi samarali kurashish mexanizmlari hamda bu borada davlat xizmatchilarining mas’uliyati haqida atroflicha tushuntirish berildi.


 Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlari, ularning ijrosi hamda bu boradagi jamoatchilik nazoratining o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

 Tadbir so‘ngida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning roli muhim ekanligini, ayniqsa, davlat xizmatchilari o‘z faoliyatida halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech