07/02/2025

Joriy yilning 7- fevral kuni O‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda tarmoq bo’lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy merosi, uning jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, shoir qalamiga mansub g‘azallar, ruboiylar va hikmatli so‘zlar o‘qildi.

Muloqot davomida Alisher Navoiy asarlarining milliy ma’naviyat va madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning asarlarida ilgari surilgan yuksak insoniy fazilatlar, adolat, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi tushunchalar bugungi kunda ham dolzarbligini alohida ta’kidlandi.

Bu kabi tadbirlar milliy ma’naviyatni yuksaltirish va buyuk mutafakkir merosini yanada chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech