So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar- mart oylarida Navoiy viloyatida 3 459,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 %ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 265,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 99,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. soʻmni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida, Navoiy viloyatida jami      1 064,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021- yilning mos davridagi ulushiga nibatan 5,1 % punktga kamayib, 6,9 % ni yoki 3,5 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 768 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,7 % ga oshgan.

Joriy yilning 20- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A.  Tashnazarov Konimex  tumanida boʻlib, tuman statistika bo’limi registratori M. Boranbayev bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida 5- narx (bozor) haftalik kuzatuvi bo‘yicha Konimex dehqon bozoriga borib, dislokatsiyaga tushgan nuqtalardagi narx-navolarni planshet qurilmasiga toʻgʻri kiritilishi va haqqoniyligini aniqlash maqsadida oʻrganishlar olib bordi.

2022- yilning yanvar- mart oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi  ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil 1- aprel holatiga viloyat bo‘yicha  qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 776 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 19- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov Xatirchi tumanida boʻlib, tuman statistika bo’limi registratori Sh. Primov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida tumandagi 5 doʻkon kuzatuvining dislokatsiya nuqtalariga borib, narx-navolarni toʻgʻri yuritilishini va haqqoniyligini aniqlash maqsadida oʻrganishlar olib bordi.

Navoiy viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 39,2 % ini tashkil etdi.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan muhim sohalardan biri hisoblanib, 2022- yil 1- aprel holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

2022- yilning mart oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari fevral oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,4 % ga arzonlashgan.

2022- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 710 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 % ga oshdi.

2022- yilning mart oyida repetitorlik narxlari fevral oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,5 % ga oshgan.

2022- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida jami 11 712 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 11 327 tasi faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning 1-aprel holatiga respublikamizda 203,7 ming tugʻilish qayd etilgan.

2022- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 347 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 21 047 tani tashkil etgan.