So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Navoiy viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 161 tani tashkil etdi.Ma’lumot uchun: 2010- yilda ushbu ko‘rsatkich 127 tani, 2015- yilda 153 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-martida Navoiy viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi joriy narxlarda 14 707,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra 2022- yil yanvar-mart oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz)  soni 1 237 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2022- yilning 1- aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga oʻrtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmon asosida Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 475 465 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi  265,4 mln. AQSH dollariga teng boʻldi.

Respublikamizda tashkiliy- huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3- o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,3 foiz ulushini tashkil etgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Xatirchi pedagogika va xizmat ko'rsatish kasb-hunar kolleji bilan hamkorligida “2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

Kuni kecha Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Xatirchi pedagogika va xizmat ko'rsatish kasb-hunar kolleji bilan hamkorligida “2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1 032,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 250,4 %ini tashkil etdi.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 20 220,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-mart oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,3 % ni tashkil etdi.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning mart oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 349,7 mlrd. so‘mga oshib, 1 940,4 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga umumfoydalanishdagi temir yo’llar uzunligi 4 732,8 kmni tashkil etdi.

2021- yil yakuni bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 42 869 kilometrni tashkil etmoqda.

Viloyatimiz bo‘yicha 2022- yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 2 260,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 113,0% ni tashkil etdi.