So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyatida 2024-yil yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 22 188,7 mlrd. so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 77,5 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 19 481,3 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga yuqoridir.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik  subyektlarining chakana savdo aylanmasidagi ulushi 83,8 % ni  tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylari davomida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan jami 75,3 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 8,2 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 226 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 576 tasi qoʻshma va 9 650 tasi xorijiy korxonalardir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 319,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8  barobarga oshgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 363,4 ming nafar Tojikiston fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan.

Joriy yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylari holatiga respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,4 mlrd. dona tuxum yetishtirilgan.

2023-yilning yanvar-dekabrida 86 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etildi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 16,3 mingtani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida G‘ozg‘on shahrida koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 3,4 mlrd. so‘mga yetdi va 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o’sish sur’ati 116,3 %ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 1 679,7 ming yoʻlovchini tashkil etdi.

2024-yil 1-aprel holatiga, Navoiy viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 937 tani tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, 298 338 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 2 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.