So'nggi yangiliklar

2024-yil 8-may kuni “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan tizim xodimlari, sohada uzoq yillar ishlagan, hozirda vafot etgan xodim xonadoniga borib, yaqin qarindoshlari holidan xabar olishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 064,4 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,4  barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 4,7 mln. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 664,6 mln.t yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 54,5 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan boʻlib, jami investitsiyalarning 50,9 % ini tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 875,6 ming boshga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 29,9 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 68 487,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 255,4 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,8 % ini tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 19 481,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylarida tirik  tugʻilganlar soni 205,7 ming nafarni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 743,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 283 ming kishiga koʻpdir (2023-yilning yanvar-mart oylarida 2 460,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2024-yil 1-aprel holatiga qurilish sohasida 51 837 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 258  ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.

2024-yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloytida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 203,0 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 26 429,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 4,8 trln. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 21,2 % ga koʻpaydi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 183,7 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 35,2 % ini tashkil etdi.