So'nggi yangiliklar
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yil 21- oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kuzatuvlarni sifatli o'tkazish yuzasidan vebinar tashkil etildi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 21- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kir yuvish mashinasi soni o‘rtacha 97 tani tashkil etdi.
2024-yil 1-oktabr holatiga koʻra, Navoiy viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 209 tani tashkil etdi, ulardan 18 829 tasi tadbirkor subyektlari hissasiga toʻgʻri keldi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 901 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 102 069,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 107,8 % ni tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 5,1 trln. so‘mni tashkil etgan.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida jami 23 429,8 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 129,1 % ni tashkil etdi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 28,5 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 725,2 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 18-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Ona tiliga sadoqat - Vatanga muhabbat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami 88,3 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 6 390 tani tashkil etdi.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 1- oktabr holatiga Konimex tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 061 tani tashkil etib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari 920 tani tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 025,0 ming dona avtomobil bamperlari ishlab chiqarilgan.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 55,8 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35,6 % ini tashkil etgan.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 1 751,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 2 482 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
49-sahifa 413 dan