So'nggi yangiliklar

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 1066,1 km suv quvuri tarmoqlari foydalanishga  topshirildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 68711.2 mlrd. som xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtiridi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega boʻlgan asosiy turlar:

Aziz hamkasblar, muhtaram yurtdoshlar!
Barcha aziz hamkasblarni kirib kelayotgan yangi 2022- yil bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi jamoasi sizga  sihat-salomatlik, xonadoniningizga tinchlik, oilaviy xotirjamlik, ishlarizga rivoj, fayzu-baraka olib kelishini tilab qoladi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 21,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 20 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kir yuvish mashinalar soni 89 tani tashkil etdi. Shu jumladan shahar joylarda 91 tani va qishloq joylarda 80 tani tashkil etmoqda.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 726 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 365 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʻish aholini roʻyxatga olishning maqsadi hisoblanadi.

2021- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni  20 427 tani tashkil etib, 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda  3,0 barobarga oshgan.

Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi diversifikatsiyalangan va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga, innovatsion texnologiyalar va bozorni boshqarishning yangi usullaridan foydalangan holda milliy resurslardan maksimal darajada foydalanishga yoʻnaltirilgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga, Navoiy viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 496,2 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,6 %), shundan sigirlar – 209,7 ming boshni (102,6 %), qo‘y va echkilar – 2 328,1 ming boshni (102,4 %), otlar – 21,2 ming boshni (104,0 %) hamda parrandalar – 3 163,4 ming boshni (106,3 %.) tashkil etdi.

Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Nаvoiy shahri 63,1 % ulush bilan 683 786,5 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Viloyatning eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Nаvoiy shahri 72,0 % ulush bilan 336 776,0 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyatda eksporti tarkibida eng quyi ulushni Коnimex tumani 0,1 % ulush bilan 303,3 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Viloyatning import tarkibida eng yuqori ulushni Nаvoiy shahri 56,3 % ulush bilan 347 010,5 ming AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Коnimex tumani 0,3 % ulush bilan 1 621,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarda yuqori o‘sish Sirdaryo (71,5 %), Qashqadaryo (69,3 %), Surxondaryo (39,8 %), Namangan (33,7 %), Samarqand (27,8 %) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (39,3 %) kuzatildi.