So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 221,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- noyabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 228 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 041 tani tashkil qildi (ulushi 19,0 %). 

Joriy yilning 19- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi  A. Tashnazarov hamda Narx statistikasi boʻlim boshligʻi J. Soyibov bilan birgalikda Tomdi tumaniga borib, hududiy statistika boʻlim registratorlari tomonidan oʻtkazilayotgan 5 narx oʻrtacha haftalik kuzatuvida ishtirok etdi.

 2024- yilning 1- noyabr holatiga ko’ra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 21 228 tani tashkil etib, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 18 855 tani tashkil etdi. 

Joriy yilning 18-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Navoiy viloyatida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 301 tani tashkil etdi. 

Joriy yilning 11-14-noyabr kunlari Buyuk Britaniya milliy statistika ofisi taklifiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya London shahriga rasmiy tashrif bilan bordi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.