So'nggi yangiliklar

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8210 tani tashkil etgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida Qiziltepa tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 258  ta yetdi va jami bajarilgan qurilish ishlari hajmi 449,9 mlrd,so’m miqdorida qayd etildi.

2021-yil yakuniga koʻra respublikamizda avtomobillarni yuvish, sayqallash va shu kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar soni 1 294 tani tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan 42 taga oshgan.

avoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi.

2022-yil 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Raisining “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan statistik maʼlumotlarni toʻgʻri yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati” mavzusida eshituv boʻlib oʻtdi.

Respublikada 2022- yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 3,0 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2022- yilning yanvar-may oylarida  Navoiy shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 407,0  mlrd. soʼmni tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2022- yilning yanvar-may holatiga viloyatimizda chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 201,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 98,0 %, yoki 3388,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2022- yil yanvar-may holatiga Navoiy viloyatida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1687,0 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning iyun oyida mehmonxona xizmatlari narxlari may oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,5 % ga oshgan.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- iyun holatiga, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (19 116 ta), jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,4 foizini (554 971 ta) tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida Karmana tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 303  ta yetdi va jami bajarilgan qurilish ishlari hajmi 233,6 mlrd,so’m miqdorida qayd etildi.

 2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi sport inshootlarida 328 ta suzish basseynlari bor.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2022- yilning yanvar-may holatiga viloyat bo’yicha uyushmagan savdo tovar aylanmasi 219,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 25,2 % ga oshdi.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kilometrni, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 42 299 kilometr (jamiga nisbatan 98,7 %) tashkil etmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda ishlab  chiqaradigan  sanoat  tarkibida  to‘qimachilik mahsulotlari sanoati hajmi 472,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va  jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmidagi ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.