So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,4 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 91,6 % ini tashkil etdi va 5,5 % ga o‘sdi. 

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 19,8 % i  yoki 530,7 mlrd. so‘mi yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 131,7 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 126,8 trln. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023- yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturining 23-24- bandlari ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo’mitasining markaziy apparatida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib ushbu bandlar ijrosi bo’yicha hududiy statistika boshqarmalarida amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2021/2022 o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardan 808,4 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Tahsil olayotgan jami talabalardan 369,0 ming nafari (45,0 %) qizlarni tashkil etadi.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi  maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1- iyul holatiga koʻra, viloyatimiz hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 8,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 130,4 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar–iyun oylarida hududlarda davlat mulkchilik shakli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida  kuzatilib, mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 8,5 % ini tshkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 4 217,8 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 101,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar–iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 21,4 % ni tashkil etdi.

Viloyatimizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 229,7 foizni tashkil etdi. Sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning yillar kesimidagi soni:

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Respublika bo‘yicha yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning shakllanishida Toshkent shahri 17,6 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-iyul holatiga viloyatimizning demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-iyulidan eʼtiboran Birlashgan Millatlar Tashkiloti YUNISEF Xalqaro bolalar jamgʼarmasining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Milliy Barkaror rivojlanish maqsadlarining bolalarga oid kursatkichlarini yigʼish hamda tizimlashtirish, yoʼnalishlarini belgilashga koʼmaklashish maksadida" halqaro ekspertlar janob Xose Lui Servera-Ferri va Аnna Аstafyevalarning 2022- yil 26-iyuldan 5-avgustga qadar Davlat statistika qo‘mitasida tegishli vazirlik va idoralar bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazishga doir rejalashtirilgan tashrif dasturi doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, joriy yilning 1- avgustidan 3- avgustiga qadar respublikamizning barcha hududlarida, turar joylar va binolar ro’xatini tuzish va  registratorlik uchastkasini sxematik rejasiga aniqlik kiritish bo’yicha masus o’quv va amaliy mashg’ulotlar bo’lib o’tadi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 160,6 trln. soʻmni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,5 % ga koʻp demakdir.

 Aholini roʻyxatga olish bo‘lim xodimlari tomonidan Navoiy shahar Binokor MFYga qarashli bino va hovli joylarning sxematik xaritalari va xonadonlarning raqamlanish holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2021/2022 o‘quv yili boshiga respublikamizda 25 ta xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritgan.