So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyati tashqi savdo tovar aylanmasining statistik ko'rsatkichlarini shakllantirish bo'yicha tartib (2021- yil yanvar-iyul)

Navoiy viloyati chakana savdo tovar aylanmasining statistik ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumot  (2021- yil yanvar-iyul)

2021- yil yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 84,6 % bilan ustunlik qildi.

2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 34,4 mlrd. so‘mga ortdi.

2021- yil yanvariyul oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 119,4 mlrd. so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 3,1 % ni tashkil etdi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egalladi.

2021- yilning yanvariyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 162,4 mlrd. so‘m darajasida belgilandi.

2021- yil yanvar-iyul oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 67,3 % ga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasining bir guruh xodimlari boshqarmaning  tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 29- iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyatimizning  mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

Savdo xizmatlari tarkibi (2021- yil yanvar-iyul oylarida) 2021- yilning o‘tgan davrida chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining to‘rtdan uch qismining ko‘prog‘i, aniqrog‘i 82,3 % ini tashkil etdi.

2021- yil yanvar-iyul oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 30,6 % ni tashkil etib, bu esa 1 164,1 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 806,7 mlrd. so‘mga yetdi. 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 41 202,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 441,2 mlrd. so‘m yoki nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2 158,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 17,0 % va 83,0 % ni tashkil etdi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 26,9 % ni tashkil etdi yoki 699,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 112,2 % ni tashkil etdi.