So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 30- noyabr kuni Uchquduq tumani Kasb-hunar maktabi o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 1- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Navoiy davlat konchilik instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son qonuni, Navoiy viloyatining iqtisodiyot sohalari bo'yicha statistik ko‘rsatkichlarning shakllanishi, shuningdek 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish  yuzasida davra suhbati o‘tkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat bo'yicha 3 994,5 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat bo'yicha 2 599,9 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 106,1 % ga teng.

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning 1- noyabr holatiga ko'ra viloyatimizda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1704 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 148 taga oshdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish  hajmi 3 473,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.  Bu jami sanoat mahsulotlari ulushida 5,8 % ga teng.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish  hajmi 60 303,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 60 303,4 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida  qiymati 13,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,4 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”  2021- yil 11- avgustdagi O‘RQ-707-son qonunining mazmun-mohiyati ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va  blogerlar ishtirok etishdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-oktabr  oylarida viloyatda 5 957,9 mlrd. soʼmlik bozor xizmatlari koʼrsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 1 229,2 mlrd. soʼmga oshgan. 

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021-  yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida aloqa va axborotlashtirish sohasida koʼrsatilgan xizmatlar hajmi 241,8 mlrd. soʼmni tashkil etgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida, viloyatimizda xizmatlar sohasining  asosiy ko‘rsatkichlari hajmi 5 957,9 mlrd. so’mni,  o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur‘ati  116,7 % ni tashkil etmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi  995,9 mln. AQSH dollariga teng boʻldi. 

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyati eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar: 

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyati importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar: 

Qiziltepa tumani statistika bo’limida uzoq yillar ishlagan, o‘zining aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va kamtarligi, fidokorona mehnati, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan katta tajribaga ega ustoz Uyg’un Fayzullayevich nafaqaga kuzatildi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi jamoasi, Navoiy shahridagi “Ma’daniyat va ma’rifat” markazida joylashgan viloyat tarixi va madaniyat davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.