So'nggi yangiliklar

 Navoiy viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 973,3 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning 25–27- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi tashkil etildi.

2023- yilning 1- aprel holatiga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 216 birlikni tashkil etib, shundan aynan xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 266 305 birlikni yoki 80,5 % ni egallaydi.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida yirik korxonalar tomonidan jami 19,3 ming tonna vodorod xlorid (xlorid kislota) ishlab chiqarilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128,8 % ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 12,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 4,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1- aprel holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 368 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 171,7 foizni tashkil etdi. 

2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti Statistika bo‘limi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi tomonidan BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumi tashkil etildi.

2023-yil yanvar-mart oyida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi. 

2023- yilning yanvar-mart oylari  yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 18,8 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 206,8 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 46,0 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni  40 891 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini  tashkil etdi. So‘nggi yillarda ushbu  korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha:

2023-yil yanvar-mart oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 2 499,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. 

2023- yilning 1- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari A. Qoʻldoshev hamda Karmana tumani statistika boʻlimi boshligʻi B. Hasanovlar tomonidan tumanda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida G‘ozg‘on shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 21,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qiziltepa tumanida jami 243,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.