So'nggi yangiliklar
25/08/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 21,9 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 2,4 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.
Respublikamizda 2023-yilning 1-avgust holatiga jami 44 958 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 77,1 %ni tashkil etdi.
25/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 680,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
25/08/2023 • So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 20 092 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 19 996 tani tashkil etgan.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 782,2 ming so‘mga yetdi.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 21-avgust–1-sentabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Iste’mol narxlari indeksi (chuqurlashtirilgan)” o‘quv kursi bo’lib o’tmoqda.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 456,0 ming tonna neft qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 0,8 % ga oshgan.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 298 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida jami 11 397 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-iyul oylarida MDH mamlakatlariga 56,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 15,8 % ini tashkil etdi.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 339,6 mlrd. so‘mga yetib, 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 45 556,4 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 81,6 % ini tashkil etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida bo'yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 131,5 mlrd. so‘mga yetdi.
2023- yilning yanvar-iyul oylarida Tomdi tumanida jami 115,0 mlrd. soʼmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 196,7 % ni tashkil etdi.
24/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1- avgust holatiga Karmana tumanida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3 230 tani tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 384 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida sportning shashka turi bilan shugʻullanuvchilar soni jami 3 449 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan ayollar 1 341 nafarni (jamiga nisbatan 38,9 %) tashkil etdi.
250-sahifa 449 dan



