So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlarining hajmi 969,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 128,9 % qayd etilgan.

Joriy yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish” boʻlimi xodimlari uchun Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 12-fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 9-yanvardagi PF–8-son Farmoni hamda “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 9-yanvardagi PQ–8-son qarori yuzasidan boshqarma bosh yuristkonsulti A. Murodov tomonidan navbatdagi mazkur hujjatning mazmun – mohiyati va ahamiyati keng targ‘ib qilindi.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 068 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 198,9 ming tonna baliq ovlangan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga 2 715 nafar Avstriya fuqarolari tashrif buyurgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga jami roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 688 345 tani tashkil etgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

2023-yil yakunlariga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 56 901,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 2 833,3 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 105 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  70,1 % ni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar kesimida iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Karmana tumaniga to‘g‘ri kelib, 18,6 %, shuningdek, Navoiy shahri 16,9 %, Xatirchi tumani 16,5 %, Qiziltepa tumani 15,5 % ekanligi kuzatildi.

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, viloyatimiz hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:

Bugun, 9-fevral kuni “Oʻzbekkosmos” agentligida Statistika agentligi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar - dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 1 737,6 ming tonna uzum yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 98,7 % ni tashkil qilgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 16 yoshgacha bolalari mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari 74,4 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning 9-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida  gender tengligiga oid qo‘shimcha koʻrsatkichlarni ishlab chiqish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 6 570,8  mlrd. soʻmni tashkil etgan.