So'nggi yangiliklar

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda 226 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda Suv va kanalizatsiya tizimlarini   rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilgan 852,2 mlrd soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.  

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 19,5 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024- yilning yanvar-iyunida avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 75 % ni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i norasmiy iqtisodiyotida 14 602,4 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda. 

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida boshqarmaning bosh yuriskonsulti tomonidan navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etilib, unda OʻRQ-957-son Qonuni mazmun-mohiyati keng targʻib qilindi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi tomonidan Karmana tumanidagi Navroʻz MFYda xonadonlarda raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-sentabr holatiga viloyatimizda jami 3 212 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tiklanish va taraqqiyot  jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilgan 1,8 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 137,5 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklar tomonidan 410,7 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 28,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 19,9 ming tonna choy import qilingan.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-iyul oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,2 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 12,4 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 1 971,1 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3,8 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 28,9 % ini tashkil etgan.

Joriy yilning 13-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi norasmiy iqtisodiyotida 155 508,3 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.