11/08/2026

2026-yil 11-avgust kuni Navbahor tumani statistika bo‘limida O‘RQ–419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida bosh yuriskonsult A. Murodov tomonidan korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari hamda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Qonun ijrosini ta’minlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilish, xizmat faoliyatida halollik va xolislik mezonlariga amal qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech