30/04/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 293,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,1 % ga oshdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:

Savdo xizmatlari — 75,1 trln so‘m

Transport xizmatlari — 49,1 trln so‘m

Moliyaviy xizmatlar — 46,8 trln so‘m

Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 46,2 trln so‘m

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 22,8 trln so‘m

Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 11 trln so‘m

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 6,7 trln so‘m

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 5,4 trln so‘m

Shaxsiy xizmatlar — 5,4 trln so‘m

Ijara xizmatlari — 3,8 trln so‘m

Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 3,8 trln so‘m

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 3,5 trln so‘m

Boshqa xizmatlar — 14 trln so‘m

photo_2026-04-30_11-09-35_p65236

Tugmani bosing Tinglash GSpeech