Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 447,9 trln soʻmni tashkil etdi.
YAIMning real oʻsish surʼati 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,7 foizni tashkil qildi.
YAIM hajmining yillar kesimidagi dinamikasi (yanvar-mart):
2022-yil — 186,7 trln soʻm
2023-yil — 228,9 trln soʻm
2024-yil — 276,9 trln soʻm
2025-yil — 372,8 trln soʻm
2026-yil — 447,9 trln soʻm




